Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 22 kishi, asosan, xorijliklar halok bo‘ldi.
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasini umumiy hisobda 25 yil boshqargan Vitaliy Fen 77 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari alohida strategik sheriklikni kengaytirish to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi. Shuningdek, 17 ta hujjat imzolandi: Hyundai Rotem poyezdlari xaridi, maktablarni jihozlar bilan ta’minlash, innovatsion farmatsevtika klasterini yaratish, JST doirasida hamkorlik va boshqalar.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya kelgusi 3 yilda o‘ta muhim minerallar, yarimo‘tkazgichlar, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, shaharsozlik, xavfsiz energetika — jami 7 ta yo‘nalishda hamkorlik qilmoqchi. 2025-yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb nomlash ham taklif etildi.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birga Toshkentga yetib keldi. Ularni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi (foto).
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida mamlakatni mintaqadagi “asosiy hamkor” deb atadi. U o‘z davlati “ijtimoiy, iqtisodiy va demokratik rivojlanishda yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” aytib, tashrifdan amaliy natijalar kutayotganini bildirdi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol keyingi haftada davlat tashrifi bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonga keladi. Tashriflar 10−15-iyun oralig‘ida bo‘lib o‘tadi va Koreya yetakchisiga mamlakat birinchi xonimi hamrohlik qiladi.
Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga plastik butilkalardan tortib go‘nggacha bo‘lgan turli xil axlatlarga to‘ldirilgan 200 dan ortiq sharni uchirdi. KXDR buni janubiy koreyalik faollar tomonidan Pxenyanga qarshi qaratilgan varaqalarga javob deya atadi.
Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya yetakchilari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish maqsadida to‘rt yildan ortiq vaqtdan beri ilk bor uch tomonlama sammitni o‘tkazadi.
O‘zbekiston Janubiy Koreya hukumati bilan uzoq muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2021-yilda Koreya ko‘plab fuqarolar mehnat shartnomalarini buzgani va belgilangan muddatda mamlakatni tark etmagani uchun ishga qabul qilishni to‘xtatgandi.
Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida 3 ming nafar ishchiga talab borligi va bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi ekanini bildirdi.
Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat hukmron partiyadan ancha ilgarilab ketib, g‘alaba qozondi. Saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi so‘nggi 32 yildagi eng yuqorisi bo‘ldi.
Shundoq ham dunyoda eng past bo‘lgan Janubiy Koreyadagi tug‘ilish darajasi 2023-yilda yana ham pasayishda davom etdi. Mamlakat rasmiylari muammoni hal qilish uchun allaqachon 270 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflab ulgurdi, biroq bu natija bermayapti.
Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi 29-fevralgacha mamlakatdan chiqib ketishi so‘raldi. Fuqaro o‘z xohishi bilan shunday qilsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida mamlakatga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.
Janubiy Koreya parlamenti oziq-ovqat iste’moli uchun itlarni ko‘paytirish va so‘yishni taqiqlovchi hujjatni ma’qulladi. Qoidabuzarlarga nisbatan qamoq va jarima jazosi bor. Taqiqning kiritilishi mamlakat prezidentining saylovoldi va’dalaridan biri sanaladi.
KXDR Janubiy Koreyaning Pengnyong va Yonpyong orollari tomon 200 ga yaqin snaryad uchirdi. Janubiy Koreya hukumati buni “provokatsiya” deb atadi va mahalliy aholi evakuatsiya qilinishini bildirdi.
Prezident O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimni tasdiqladi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Milliy terma jamoa bronza medali uchun Gonkongga qarshi bahs olib boradi.
Nyu-York shahrida Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbarini O‘zbekistonga taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting